“Siti” yulduzi: “Barsa”ga o‘tganim ma’qul, “Real”ga emas

  • 26 aprel, 2024, 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning eng yorqin o‘yinchilaridan Bernardu Silva yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Aslida bu futbolchiga bir necha klub, xususan, “Real” ham da’vogarlik qilmoqda. Madridliklar Silva uchun kurashda favorit hisoblanayotgan edi.

Bernardu Silva maydonda qanday o‘yin ko‘rsatishidan qat’i nazar, unga Angliya sharoiti u qadar ma’qul kelmayapti va o‘zini noqulay sezayotgani aytilmoqda.

SPORT nashrining yozishicha, “Manchester Siti”da barcha yutuqlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan futbolchi endi muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan. Uning o‘zi “Barselona”ni ma’qul ko‘rmoqda. Bunga bir necha sabablar bor. Xususan, Bernarduga Barselona shahri juda yoqadi.

Bundan tashqari, bu jamoada uning “Siti”da birga o‘ynagan do‘sti Ilkay Gyundog‘an, Portugaliya terma jamoasidagi sheriklari Joau Feliks va Joau Kanselu bor. Kataloniyaliklar tomonidan ijaraga olingan bu ikki portugaliyalik adashlar kelasi mavsum ham jamoada qolish ehtimoli katta.

Eng asosiysi esa, Bernardu Silva “Real” tarkibida o‘ziga aniq joy yo‘qligi va buning oqibatida o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkinligini yaxshi bilgani uchun ham “Barselona” variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
26/04/2024 20:09
Куркок