
“Siti” yulduzi “Barselona” va “Real”ni tanladi
“Manchester Siti”ning eng mashhur o‘yinchilaridan biri Bernardu Silva kelasi mavsumni Ispaniya chempionatida boshlashi mumkin.
Portugaliyalik hujumkor futbolchi anchadan beri Xosep Gvardiola jamoasini tark etish harakatida yuribdi. Silva ispan futboli grandlari – “Barselona” yoki “Real”da to‘p tepishni istayapti. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.
“Real” tez orada Luka Modriya va Toni Kroosga o‘rinbosar topishi kerak. Bu o‘yinchilarning yoshi o‘tib qolgan. Ana shu o‘rinbosar Bernardu Silva bo‘lishi mumkin.
“Barselona” esa iste’dodli o‘yinchini bir yildan beri kuzatib kelmoqda. Xavi Ernandes Bernardu jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirishiga ishonmoqda.
Fikrlar