
"Siti"ga Angliya yulduzlari kerak
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola asosiy orzusi – “shaharliklar” bilan Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun tarkibni yanada kuchaytirishga qaror qilgan.
Avvalroq, “Manchester Siti” rahbariyati “Totenxem” yulduzi Harri Keyn transferi bo‘yicha ish boshlashga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Gvardiola maydon markazini kuchaytirish maqsadida “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni ham “shaharliklar” safiga olib kelmoqchi. “Aston Villa” anchadan beri grand klublardan taklif olayotgan futbolchini ushlab qolishi qiyin bo‘lmoqda va shu bois, yozda uni 100 million funtga sotib yubormoqchi.
25 yoshli futbolchi yaqinda klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Biroq, “Aston Villa” jo‘yali taklif tushsa va Grilish uni taklif qilsa, o‘yinchining ketishiga to‘sqinlik qilmaslikni va’da qilgan.
Jek Grilish joriy mavsumda premer-ligada 22 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol urdi va o‘nta golli pas uzatdi.
Fikrlar