
"Siti"ga o‘tib xato qilgan futbolchi nihoyat jamoadan ketyapti
"Manchester Siti" klubi darvozaboni Klaudio Bravo katta ehtimol bilan shu yoz jamoasini o‘zgartiradi.
Todo Fichajes nashrining xabar berishicha, 37 yoshli chililik golkiper vataniga qaytmoqchi va faoliyatini o‘zi tarbiya topgan "Kolo Kolo" klubida yakunlamoqchi. Bravoning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Klaudio Bravo “Manchester Siti” safiga 2016 yil “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 16 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar