“Siti”ning braziliyalik yulduzi yangi jamoa tanlaydi
“Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus yozda Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli futbolchiga A Seriya grandlari – “Inter” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub braziliyalik futbolchi uchun “shaharliklar” so‘rayotgan summa – 65 million evroni berishga tayyor.
Jezusning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Yosh hujumchi joriy mavsumda premer-liganing 19 ta uchrashuvida maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar