
"Sky Sport" - "Liverpul" Diasni sotish niyatida emas
"Barselona" Niko Uilyams transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng e’tiborini "Liverpul" vingeri Luis Diasga qarata boshladi. Biroq, "Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini sotish niyatida emas.
Dias bosh murabbiy Arne Slotning rejalarida muhim o‘rin egallaydi va klub unga yangi shartnoma taklif etishni rejalashtirgan. Klub futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqan.
Ayni paytda Dias o‘z maoshi oshirilishi kerak, deb hisoblamoqda — ayniqsa, Misr yulduzi Muhammad Saloh bilan shartnoma uzaytirilgandan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Luis Diasning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar