Slot: "Liverpool" butun mavsum bosim ostida o'ynamoqda"
Arne Slot "Liverpul"ning Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashi haqida fikr bildirdi.
37 turdan soʻng mersisaydliklar Angliya Premier-ligasida 5-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa bir oʻyin kam oʻtkazgan "Bornmut"dan 4 ochko oldinda bormoqda.
— Biz juda katta bosimni his qilyapmiz, garchi butun mavsum davomida shunday vaziyatda boʻlib kelyotgandek tuyulsa ham. Hozir qila oladigan yagona ishimiz — haftani samarali oʻtkazish va yaxshi tayyorgarlik koʻrish.
Har doimgidek, muxlislarimiz bizga toʻliq qoʻllab-quvvatlov koʻrsatishiga umid qilamiz. Bugun kechqurun Villa Parkda boʻlib oʻtgan oʻyinda ham bu qanchalik muhim ekanini koʻrdik. Huddi Enfilddagi kabi birlashib harakat qilish juda muhim, — dedi Slot.

Fikrlar