
Sobiq UFC jangchisi navbatdagi jangini boks qoidalariga ko‘ra o‘tkazadi
Sobiq UFC jangchisi Peyj VanZant U navbatdagi jangini boks qoidalariga ko‘ra o‘tkazadi.
“Kechagi kuni menejer qo‘ng‘iroq qilib, boks qoidalariga ko‘ra jang o‘tkazishni taklif qildi. Men rozi bo‘ldim. Shartnoma hali imzolanmagani uchun barcha tafsilotlarni oshkor qilish mumkin emas. Dastlab, 23 mart kuni jang qilishni taklif qilishdi va men menejerga aytdim: "Ajoyib !! Albatta, roziman.” Lekin keyinroq ushbu jang may yoki iyun oylariga qoldirilganini ma’lum qilishdi”, — dedi Vanzant o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, VanZant avvalroq "OnlyFans" platformasida bir kunda butun UFC dagi faoliyatidan ko‘proq pul ishlab topganini aytgan edi.
Fikrlar