Soboslai: "Eng muhimi — g‘alabadan keyin ham shu ruhni saqlab qolish"

  • 8 noyabr, 17:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai jamoaning Chempionlar ligasida "Real" ustidan qozongan g‘alabasidan keyin natijani mustahkamlab borish muhimligi haqida gapirdi.

Tecno

"Hamma ko‘rdi, biz "Real"ga qarshi qanday o‘ynadik. Hamma maydonda yugurdi, kurashdi, bir-birini qo‘llab-quvvatladi, yordam berdi. Eng muhimi — shu ruhda davom etish.

Oldimizda uzoq yo‘l bor. Endi hamma narsa Premer-liga va demak, dam olish kunlari "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga bog‘liq. Ularning qanchalik kuchli ekanini bilamiz. Mavsum uzun.

Agar shu paytda etti ochkolik ustunlikka ega bo‘lganimizda ham, hali chempionat hal bo‘ldi, deb hech kim aytmasdi.

O‘tgan mavsumda etakchilik qilayotgan paytda biz shiddatga berilmay, tinch va sobitqadam bo‘lib davom etganmiz, chunki futbolda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz, g‘alaba qozonishda davom etamiz, keyin boshqa jamoalar nima qiladi — shundan keyin ko‘ramiz", – dedi mersisaydliklar futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!