"So‘g‘diyona" - "Navbahor" uchrashuvini kim sharhlashi ma’lum

  • 10.09.2022 16:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“So‘g‘diyona” - “Navbahor” o‘yinini Xayrulla Hamidov sharhlaydi

Ushbu bahs kun uchrashuviga aylanishi mumkin. “Paxtakor”ning kechagi g‘alabasidan so‘ng namanganliklar durangga ham rozi bo‘lisholmaydi, jizzaxliklarga o‘z uyida ochko yo‘qotish umuman mumkin emas.

OFK kubogidagi motivatsiyasini qo‘shadigan bo‘lsak, “So‘g‘diyona” chindan ham “Navbahor”ga kubokdan oldin yaxshigina boshog‘riq bo‘lmoqchi. Ammo Babayan bu bellashuvdan uch ochko olsa, chempionlik uchun katta qadam qo‘ygan bo‘ladi. Buni u bilib turibdi.

Eng muhimi, bu o‘yinda VAR ishlaydi. Umid qilamizki, bahsdan keyin asosan o‘yin haqida gaplashamiz, qandaydir shubhali qarorlar haqida emas.


                                                                                                                                                                           Manba: "Navbahor" matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!