
"So‘g‘diyona" "Bunyodkor" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
«So‘g‘diyona» qishki transferlar oynasi yakunida o‘z safiga «Bunyodkor U21» darvozaboni Muhammadyusuf Sobirovni qo‘shib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Muhammadyusuf Sobirov 2006 yil 20 aprelda tavallud topgan. Sobirov O‘zbekiston U17 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, futbolchi o‘tgan mavsumda «Bunyodkor U21» tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar