
“So‘g‘diyona” endi Sanjar Quvvatovga qiziqmoqda
Qarshining “Nasaf” klubi darvozaboni faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, posbonga Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Oldinroq jizzaxliklar Azizjon G‘anievning xizmatlariga ehtiyoj sezayotganliklari haqida xabarlar tarqalgandi.
Tezkor xabar! “Nasaf” o‘z futbolchisini 10 mlrd evaziga “So‘g‘diyona” sotmoqchi
“Nasaf” klubidagi moliyaviy inqiroz tufayli futbolchilar boshqa jamoaga o‘tish payiga tushib qolishgan. Ayni paytga kelib Jasur Hasanov “ajdarlar” safini tark etgan.
Fikrlar