"So‘g‘diyona" etakchi futbolchisi bilan yangi shartnoma masalasida kelisha olmadi

  • 17 dekabr, 2024, 22:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 dekabr kuni "So‘g‘diyona" bilan shartnomasi yakunlanadigan himoyachi Oleg Zoteev jamoani tark etdi.

Tecno

Bizga ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli futbolchi "bo‘rilar" bilan yangi shartnoma masalasida kelisha olmagan. Uning keyingi jamoasi "Bunyodkor" bo‘lishi kutilmoqda. "Qaldirg‘ochlar" unga moliyaviy jihatdan "Andijon"dan ko‘ra ancha baquvvat taklif bildirgan.

Ma’lumot uchun, tajribali himoyachi 2024 yilgi mavsum Superligada 25 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 bora samarali uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!