
"So‘g‘diyona" Gruziya klubini ishonchli hisobda mag‘lub etdi
"So‘g‘diyona" bugun Gruziyaning "Saburtalo" jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi.
Vakillarimiz safida gollarga Jasur Hasanov va Jenan Zaymovich mualliflik qildi. Raqiblar maydonni golsiz tark etdi.
Bundan oldingi bahsda "bo‘rilar" Bosniya va Gertsegovinaning "Sloga Doboy" jamoasi bilan jangovor 3:3 hisobida durang o‘ynagandi.
Fikrlar