
"So‘g‘diyona" hujumchisi safga qaytdi
"So‘g‘diyona"ning asosiy hujumchisi Shohrux Abdurahmonov O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.
25 yoshli futbolchi safga qaytgani ma’lum bo‘ldi. U jamoaning bugungi mashg‘luotlarida ko‘rinish berdi.
Superligadagi 4 ta goli bilan to‘purarlar kurashida ishtirok etmoqda. U jarohat jamoasi tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi edi, lekin Lyupcho Doriev 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilib, Abdurahmonovdan o‘tib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, jizzaxliklar ketma-ket ikki turda ham mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar