"So‘g‘diyona" "Lokomotiv"ni nimaning evaziga mag‘lub etdi?
“So‘g‘diyona” jamoasi ushbu turda o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Qizig‘i, birinchi davrada poytaxtda o‘tkazilgan bahsda ham jizzaxliklar shu hisobda g‘alaba qozonishgandi. Bugungi bellashuvdan keyin “So‘g‘diyona” jamoasining sardori Sanjar Rashidov g‘alaba nimaning evaziga qo‘lga kiritilgani haqida shunday dedi:
- O‘yin ko‘rgan bo‘lsangiz, qiziqarli bellashuv bo‘ldi. Biz “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Oldindan bu qiziqarli o‘yin bo‘lishi ma’lum edi.
“Lokomotiv” ikkinchi davrada hali yutqazmagandi. Klubga yangi murabbiy kelgani bois jamoa o‘yini yaxshi tomonga o‘zgardi va ular kuchayishgandi. Turnir jadvalida ham “Loko” bilan birin-ketin joylashgandik. Yutgan jamoa esa oldingi o‘tib olishini bilib turgandik.
Jamoaviy o‘yin hisobiga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Birinchi davrada Toshkentda ham 2:1 hisobida yutganimizga kelsak, to‘g‘risi, bunga e’tibor bermadim. Bu – futbol. Unda o‘xshash natijalar bo‘lib turadi, - dedi Rashidov.
Fikrlar