“So‘g‘diyona” “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘zaro o‘yinlarda ustunlikka ega. Ammo jizzaxliklar 3 yildan beri Qo‘qonda g‘alaba qozona olishmayapti
Superliga 15-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “So‘g‘diyona” uchrashuvi bugun Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 27 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 8 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 12 ta bahsda jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan. Ettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 42-32, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 31 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning ochkosi 43 tani tashkil etadi.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar:
25.11.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 0:0
29.07.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 2:1
20.06.2017 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 3:2
16.06.2016 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 1:2
05.11.2015 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 1:3
11.05.2002 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 1:0
12.09.2000 Temiryo‘lchi - So‘g‘diyona - 3:1
30.04.1999 Temiryulchi – So‘g‘diyona - 2:1
21.06.1998 Temiryo‘lchi – So‘g‘diyona - 4:2
31.05.1995 Temiryo‘lchi – So‘g‘diyona - 1:0
27.04.1994 Temiryo‘lchi – So‘g‘diyona - 2:2
02.05.1993 Temiryo‘lchi – So‘g‘diyona - 0:0
27.05.1992 Temiryo‘lchi – So‘g‘diyona - 1:0
O‘yinning boshlanish vaqti
"Qo‘qon-1912" - “So‘g‘diyona” uchrashuvi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:00da start oladi.

Fikrlar