"So‘g‘diyona" uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Bu yilgi chempionatni 8-o‘rinda yakunlagan Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi uch nafar futbolchisi bilan kelishuvlarni uzaytirganligini ma’lum qildi.
"Joriy mavsum "So‘g‘diyona" safida harakat qilgan himoyachilar - Zoyir Jo‘raboev,Islom Qobilov hamda yarim himoyachi Suxrob Izzatov bilan o‘rtadagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yil oxiriga qadar uzaytirildi.
Futbolchilarga kelasi mavsum jamoamiz safida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi, klub matbuot xizmatining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich 7,5 yillik faoliyatidan so‘ng "So‘g‘diyona" bilan xayrlashgandi.
Fikrlar