Son, Afif va boshqalar! O‘zbekistondan ikki nafar futbolchi 2-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

  • 11 sentabr, 2024, 13:38
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Aliqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi. 

Osiyo mintaqasida "JCh-2026" saralashidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Taniqli "SofaScore" portali o‘z talqiniga ko‘ra, 2-tur ramziy jamoasini tuzdi va undan ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi (Shomurodov va Aliqulov) joy oldi. 

Ushbu ramziy jamoadan Syon Xyon Min, Ueda, Akrom Afif va Suttar kabi nomlar ham o‘rin egalladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
11/09/2024 14:06
Ярашиб турибди