
So‘nggi soniyalardagi gol, chetlatish va janjal... mashhur Glazgo derbisi bo‘lib o‘tdi
Shotlandiya chempionatining 4-turga kelib, Shotlandiya derbisi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Stiven Jerrard ustozlik qilayotgan Glazgoning "Reynjers" klubi o‘z uyida "Seltik"ni qabul qildi. Doimo o‘ziga hos katta qiziqishlar ostida bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuvda "Seltik" 0:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
"Reynjers" – "Seltik" 0:2 (0:1, 0:1).
"Aybroks"
Gollar: 0:1 – 32 Eduar, 0:2 – 90 Xeys.
"Reynjers" – Makgregor, Katich, Goldson, Flanagan, Taverne, Jek, Aribo (Jons, 70), Arfild, Devis, Kamara (Ojo, 46), Defo (Morelos, 60).
"Seltik" – Forster, Jyulen, Elxamed, Bolingoli-Mbombo, Makgregor, Biton (Bauer, 66), Forrest (Ntcham, 66), Kristi, Braun, Eduar, Jonston (Xeys, 84).
Ogohlantirishlar: Arfild (89), Xeys (90).
Chetlatish: Jeyms (90).
Fikrlar