Sosa: "Messi va Maradona haqidagi savol otam va onam o‘rtasida tanlov qilishdek gap"

  • 21.12.2022 10:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik sobiq futbolchi Roberto Sosa milliy terma jamoaning Qatardagi jahon chempionatida qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

"Ko‘pchilik mendan Maradona va Messi o‘rtasida tanlov qilishimni so‘rashdi. Bu otam va onam o‘rtasida tanlov qilishdek gap", - deya Sosaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Argentina JCh-2022 finalida Frantsiyani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Messi ikkita gol urdi. Argentinalik futbolchi turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!