«Spartak» futbolchisi o‘z amakivachchasini pichoqladimi?

  • 18 noyabr, 2021, 22:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Spartak» yarim himoyachisi Kuinsi Promes qotillikka urinish va pichoqlashda ayblandi, deb xabar berdi Telegraph. Qayd etilishicha, 29 yoshli erkakka nisbatan tegishli ayblovlar qo‘yilgan, uning ismi rasman e’lon qilinmagan. Ammo ommaviy axborot vositalari bu aynan Promes ekanligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Gollandiya televideniyasi va nashrlari xabarlariga ko‘ra, o‘tgan yil iyul oyi oxirida Niderlandiyaning Absaude shaharchasida oilaviy ziyofat chog‘ida futbolchining amakivachchasi janjaldan so‘ng pichoqlangan, natijada tizzasidan jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari dekabr oyida Promesning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan tergov boshladi.

Agar u aybdor deb topilsa, «Spartak» bilan shartnoma bekor qilinadi, «Ayaks»ga to‘lovlar to‘xtatiladi, lekin shu paytgacha berilgan pullar qaytarilmaydi. Shartnomaga ko‘ra, Moskva klubi har olti oyda to‘lov qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!