Spens "yanchildi", Terens Krouford ikki vanznda mutlaq jahon chempioni
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida WBA, IBF, WBC chempioni Errol Spens va WBO chempioni Terens Krouford o‘rtasidagi mutlaq jahon chempionlik jangi o‘z yakuniga etdi.
Las-Vegas shahridagi "T-Mobile" arenasi mezbonlik qilgan bahs 9-raundda muddatidan oldin yakuniga etdi va unda Krouford texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan holda barcha kamarlarni o‘ziniki qildi. Qayd etish lozimki, u super engil vazn toifasida ham barcha kamarlarni birlashtirgan va hozirda u 2 vaznda mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan yagona bokschiga aylandi.
Jangdan so‘ng, Spensning statistikasi 28-1, 22 nokaut ko‘rinishga kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Kroufordda 40-0, 31 nokautga yaxshilandi.



Fikrlar