"Spetsiya" - "Verona": Futbolchilarga qo‘yilgan ballar
A Seriyada qolish o‘yinda "Spetsiya" hamda "Verona" o‘zaro kuch sinashdi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan spetsiyaliklar raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Legionerimiz jamoadoshi Ampaduning goliga assist vazifasini bajardi. Shuningdek, 68-daqiqada penalti ishladi va raqib futbolchisini qizil kartochka olishga majbur qildi. Biroq Nzola Eldor ishlagan penaltini golga aylantira olmadi.
Shu tariqa, "Spetsiya" A Seriyani tark etdi.
Avvalroq, "SofaScore" portali tomonidan qo‘yilgan ballarni sizga taqdim etgandik. "WhoScored" portali talqiniga ko‘ra Eldor jamoasi tarkibidagi eng yaxshi futbolchi, deb topildi va bu ballarda ham o‘z aksini topdi. Unga ko‘ra, Ampadu va Shomurodov "Spetsiya" safida eng yuqori 7.5 ballga loyiq ko‘rildi. 
Fikrlar