“Sportchilarimizdan bir shingil”
Muxammadali Toshturg‘unov – kikboksingchi

Yarim kechasi bir erkak uyga qaytayotib, bir mushukni ushlab qo‘yniga solib olibdi. Eshikni taqqillatsa, xotini ochibdi.
Er: - Tanishib qo‘y, bu maymun junglidan kelib qolgan.
Xotini kulib: - Voy qanaqasiga maymun bo‘ladi. Bu oddiy mushuk-ku. – Sen aralashma men mushuk bilan gaplashayapman. ???? ????
_______________________________________________________________________________________
Bir qiz yo‘lda ketayotsa bir bola gap otibdi: - yaxshi qiz, figurani qaerdan oldiz!? Qiz ham bir boplay deb: - supermarketdan debdi. Bola javob beribdi: - basharaga pul etmay qolgan ekanda-a a a? ???? ????
_______________________________________________________________________________________
- Allo bu Mannop akani nomerimi???
- Yo‘q men Sharapatman.
- Aldamang, bu Mannop akani nomeriku to‘g‘rimi?
- Eee qanaqa Mannop? Men Sharapatman!!!
- Unda nega erimni telefonida Mannop deb yozilibsiz???
_______________________________________________________________________________________
Kamoliddin Murzoev -futbolchi

- Futbol o‘yini davom etmoqda. Uchrashuvni suhandon o‘z honasida har doimgidek shiddat bilan sharhlamoqda:
- To‘p o‘ng qanotda, markazda, endi chap qanotda, oshirildi zarbaaaa....darvoza to‘sini!!!
- Shu payt eshik ochilib, raqib jamoa murabiyi: iltmos sekinroq sharhlang o‘ynchilarimiz ulgurishmayapti dermish! ???? ????
Zamira Sanaqulova – badiiy gimnastikachi

- O‘rtoq eshitdingmi? “Ali bobo va qirq qaroqchi”ni yangi talqini chiqibdi.
- Yo‘g‘-e, qanaqa ekan?
- Qaroqchilar boylardan olib qo‘ygan tilla va boyliklarni oldida sur’atga tushib, instagramga joylashayotgan emish. ???? ????
______________________________________________________________________________________
Chol tutib olgan oltin baliq dedi:
- Bobo, kampiring xaliyam tirikmi?
- Xa, tirik.
- Unda meni qiynamay, qovurib eyaqol! ???? ????
Ravshan Maxammadjonov -professional bokschi

Ikki DAN xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
- DAN xodimlari hazillashmoqchi bo‘lib, boboyni to‘xtatishibdi
- Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
- Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
- Bardachokda edi, olaqol dermish!!! ???? ????
_______________________________________________________________________________________
Ikki burga restoranga borishdi. Uyga kaytayotib, bekatda to‘xtashdi.
- Piyoda ketamizmi, taksi kutamizmi?
- Kel, yaxshisi, itni kutaylik.
Quvonch Tayg‘onboev – boks bo‘yicha murabbiy

Doktordan so‘rashibdi:
- Qaysi kasal yaxshi deb o‘ylaysiz?
- Skleroz
- Nimaga?
- Chunki bu kasalda hech qaeri og‘rimaydi va yana har kuni yangilik biladi.
_______________________________________________________________________________________
Yarim kechasi shirakayf bir odam ko‘chada turib baqirardi:
- Odamlar! Hoy, odamlar!
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi odamlar xavotir bilan chiroqlarini yoqib, derazadan pastga qarashdi.
- Tinchlimi? Nega baqiryapsan?
- Uzur, soat nechchi bo‘ldi?
- Soat uch bo‘ldi.
- Iya, qoq kechasi bo‘lsa, nega uxlamayapsizlar?
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.

Fikrlar