Sportchimiz Sibirtsev Kaliforniyada uchta medal jamg‘ardi

CHERY AUTO

AQShning Kaliforniya shtatida “TYR Pro Swim Series” xalqaro suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibirtsev muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Tecno

Nufuzli musobaqaning 400, 800 va 1500 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida Ilya kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, suzuvchimiz 200 metrga erkin usulda ham ishtirok etib, marraga oltinchi bo‘lib etib keldi.

Eslatib o‘tamiz, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Ilya Sibirtsev Illinoysda (AQSh) mart oyida o‘tgan “TYR Pro Swim Series” musobaqasining 200 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!