
Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida maxsus bot ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida korruptsion holatlarning oldini olish va yo‘qotish, qolaversa korruptsiyaga doir faoliyatlarga qarshi kurashish maqsadida maxsus telegram bot yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Ushbu bot orqali siz sport sohasida yuzaga kelayotgan korruptsion holatlar haqida xabar berishingiz, shuningdek o‘z taklif va tavsiyalaringiz, murojaatlar va shikoyatlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sportni rivojlantirish vazirligiga yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Sport sohasida korrupsion holatlarni yo‘qotish va sportni rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Unutmang, har bir murojaat biz uchun juda muhim!", - deyiladi vazirlik xabarida.
Fikrlar