SPORTS.uz Belgrad-2021. Bugun O‘zbekiston sharafini 4 bokschi himoya qiladi

  • 1 noyabr, 2021, 15:55
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Bugun O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) yaponiyalik Sevonrets Okazava bilan jang o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan taxminan 18:15dan keyin start oladi (A ring).

Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ozarbayjonlik Mirsharif Kozimzoda bilan to‘qnash keladi. Jang taxminan Toshkent vaqti bilan 19:45 boshlanadi (V ring).

Mujibullo Tursunov (63,5 kg) Xitoy Taypeyi vakili Chu en Laiga qarshi Toshkent vaqti bilan taxminan 23:30da boshlanadi (V ring).

Odiljon Aslanov (-80 kg) amerikalik Robbiy Gonsalesga to‘qnash keladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 01:00da boshlanadi (V ring).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
01/11/2021 10:14
Боксчиларимизга омад!!!
&
Бухорий Шариф
01/11/2021 01:50
Зўр жанглар. Ғалаба кутамиз.. олға йигитлар.
Anvar Abduazizov
01/11/2021 15:46
Allohni o‘zi qo‘llasin