
SPORTS.uz Belgrad-2021: Hasanboy Do‘smatov mag‘lubiyatga uchradi
Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionatining ikkinchi kungi janglari start oldi.
26 oktyabr sanasida Hasanboy Do‘smatovning jangi ham o‘rin olgan. U qozog‘istonlik Saken Bibosinov bilan bellashadi. Ushbu jang bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi.
Mazkur jangni siz "Uzreport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!
Ikki bokschi ringga chiqib keldi. Hasanboy Do‘smatov qizil rangli libosda, Saken Bibosinov esa ko‘k rangdagi formada jang o‘tkazadi.
Vakilimiz muarbbiylari hamrohligida chiqib keldi a tegishli ko‘rsatmalarni olmoqda.
Birinchi raund boshlandi. Hasanboy dastlabki zarbalarni berishni uddaladi. Yana zarbalar bermoqda...
Hasanboy Do‘smatov o‘ng qo‘lda kuchli zarba berdi va o‘z hisobiga qimmatli ochkolarni yozdirib qo‘ydi.
Qozog‘istonlik bokschi ham imkon qadar zarbalar bilan raqibini yiqitishga urinmoqda.
Birinchi raund yakunlandi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Hasanboyning yana bir o‘ng qo‘l zarbasi aniq bordi. Ikkinchi raundni vakilimiz yaxshi o‘tkazmoqda.
Do‘smatovning texnikasi ajoyib, imkon tug‘ildi deguncha texnikasini ishga solmoqda. Jang harorati ancha yuqori. Hozircha turnirning eng yaxshi jangi deb, bemalol ayta olamiz.
Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi.
Hasanboy bu raundni ham yaxshi o‘tkazdi. Biroq hakamlarning qarorini kutamiz.
Afsuski, Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida mag‘lubiyatga uchrab, yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar
Энди Ҳасанбой фақат Профецоналда жанглар ўтказиб Муроджондек чемпион бўлишига тилакдошман.
Энди Ҳасанбой фақат Профецоналда жанглар ўтказиб Муроджондек чемпион бўлишига тилакдошман.