SPORTS.uz Belgrad-2021. Madiyar Saidrahimov: 3-o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Kelasi safar oltin medal uchun harakat qilamiz

  • 5 noyabr, 2021, 01:12
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Yarim finallar bo‘lib o‘tyapti.

Tecno

Hozirgina Madiyar Saidrahimov (-92 kg) kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugungi jang qiyin kechdi. Kuchli raqib bilan bellashdim. Uchinchi o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Endi kelasi safar o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, oltin medal uchun harakat qilamiz, - dedi Madiyar Saidrahimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/11/2021 11:42
Мадиёр жуда хам мардонавор жанг килди! Факат омади келмади, холос! Аслида камида финалга лойик жанг булди! Мадиёр сен барчага урнак булишга лойиксан!