SPORTS.uz Belgrad-2021. Madiyar Saidrahimov: Xalqimiz duo qilib turgani uchun g‘alaba qozonyapmiz
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.
Bugun O‘zbekiston sharafini 6 nafar bokschimiz himoya qilishi belgilangandi. Hozirgacha o‘tkazilgan 5 ta jangdan faqatgina bittasida g‘alaba qozondik xolos. Endi esa kun doirasidan o‘rin olgan biz uchun oxirgi jang bo‘lib o‘tdi.
Madiyar Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Uilyams bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.
- Jahon chempionatini davom ettirmoqdamiz. Yarim finalga yo‘l oldik. Jangdan jangga formaga kirib boryapmiz.
Xalqimiz duo qilib turgani uchun g‘alaba qozonmoqdamiz. Duo qilishdan to‘xtamanglar. Oldindagi yarim finaldagi jangda ham yutamiz, degan umiddamiz. O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘taramiz, - dedi Madiyar Saidrahimov.

Fikrlar