SPORTS.uz Belgrad-2021. Madiyar Saidraximov endi qozog‘istonlik bokschi bilan jang o‘tkazadi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zbekistonlik bokschilarning ishtiroki davom etmoqda.
Kun doirasidan o‘rin olgan Madiyar Saidrahimov(-92 kg)ning belaruslik Vladislav Smaxlikauga qarshi jangi yakunlandi. Unda vakilimiz 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi.
Endi Madiyar Saidraximov keyingi bosqichda qozog‘istonlik Aybek Oralbay bilan chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi. Ushbu jang 31 oktyabr kuniga belgilangan.



Fikrlar