SPORTS.uz Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov: Birinchi jangda ozgina hayajon bo‘ldi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Biroz avval Mujibullo Tursunov (-63,5 kg) yaponiyalik Taiga Imanaga bilan ringga chiqdi. Jangda hamyurtimiz raqibiga imkoniyat qoldirmay, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Jangdan so‘ng Mujibullo Tursunov SPORTS.uz saytiga щz fikrlarini bildirdi.
- Birinchi jangda ozgina hayajon bo‘ldi. Nasib qilsa, bundan keyingi janglarda chiroyli g‘alabalarga erishib, yurtimiz bayrog‘ini balandlarga ko‘tarishga va’da beramiz. ikkinchi va uchinchi janglarda murabbiylarning ko‘rsatmalari qo‘l keldi. Motivatsiya berdi. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat, - dedi bokschimiz.

Fikrlar