
SPORTS.uz Belgrad-2021. Nodirjon Mirzahmedovning qozog‘istonlik bokschiga qarshi jangi yakunlandi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.
Bugun O‘zbekiston sharafini 6 nafar bokschimiz himoya qiladi. Ushbu janglar medallar uchun kechadi.
Dastlab Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) qozog‘istonlik Temirtas Jussupov bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi (A ring).
Bokschilar ringga chiqib keldi. Nodirjon Mirzahmedov ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi
Bokschilar bir-birini o‘rganmoqda. Klinch holati. Ikki bokschi ham bittadan aniq zarba yo‘lladi. Yana klinch holati cho‘zildi.
Qozog‘istonlik bokschi hamyurtimizning yuz qismiga aniq zarba yo‘lladi. Klinch... Temirtas yakkalik aniq zarbalar bermoqda.
Birinchi raund qozog‘istonliklar foydasiga 4:1.
Ikkinchi raund boshlandi.
Bu raundni Nodirjon yaxshi boshladi. Ikkilik aniq zarbalar berdi. Ammo keyin vakilimiz himoyalanishga majbur bo‘ldi.
Mirzahmedov raqibini ta’qib etmoqda. Chunki ochkolar jamg‘arishi lozim. Temirtas esa ring bo‘ylab harakatlanmoqda. U hamyurtimizning yuz qismiga uch bor zarba yo‘lladi.
Ikkinchi raund ham qozog‘istonlik bokschi foydasiga 5:0.
Uchinchi raund boshlandi.
Bu raund biz uchun tavakkal endi. Sababi ikki raund raqib foydasiga hal bo‘ldi. Nokaut bizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Vakilimiz ikki bor aniq zarba yo‘lladi.
Temirtas qochib yurtibdi. Chunki uning ochkolar etarli.
Jang yakunlandi. Temirtas 5:0 hisobida Nodirjonni taslim etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar