
SPORTS.uz Belgrad-2021: O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev dastlabki jangda g‘alaba qozondi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi.
Dastlab, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) jang o‘tkazadi. U irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bu kun tartibidan o‘rin olgan 7-jang hisoblanadi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning jangi Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadigan seansga belgilangan. Bu taxminan soat 22:20dan keyin boshlanadi.
Ayni paytda vakilimiz ishtirokidagi jang boshlanish arafasida...
Jang boshlandi. Ko‘k rangdagi libosda hamyurtimiz harakat qilmoqda. Qizil libosda esa irlandiyalik raqibi ringga chiqdi.
Birinchi raundda hamyurtimiz ustunlik qildi. Biroq raqibi ham unga qarshilik ko‘rsatishga urinmoqda. Asadxo‘ja chap qo‘lda yaxshi zarba berishni uddaladi.
Ikkinchi raund. Bu raundni ham hamyurtimiz faol tarzda boshladi. Raqibi irlandiyalik bokschi ham imkon qadar unga qarshilik ko‘rsatmoqda. Asadxo‘ja ikkilik zarbasi bilan ustunlikka erishmoqda. Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi. Ikki raund natijasiga ko‘ra vakilimiz 20:18 hisobida oldinda bormoqda.
Asadxo‘ja yana chap qo‘l zarbasini o‘tkaza oldi. Shu pallada jang yakuniga etdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev dastlabki jangda g‘alaba qozondi.
Fikrlar