SPORTS.uz Belgrad-2021. O‘zbekistonlik bokschi: Borimizni ko‘rsatmadik, boshqalar bilib qolmasligi uchun
Serbiyaning Belgrad shahridagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha hamyurtlarimiz orasida Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ringga ko‘tarildi. U slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqdi. Qiziqarli kechgan jangda vakilimiz ishonchli g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
G‘alabadan so‘ng Saidjamshid Jafarov SPORTS.uz sayti uchun o‘z fikrlarini qisqacha bayon qildi.
- Bu birinchi jang edi. Borimizni ko‘rsatmadik. Keyingi janglardan harakatlarimiz ochilib boradi.
Apperkot zarbani kamroq yo‘lladim? Sababi boshqa raqiblar hamma tomonimizni bilmasligi uchun.
Yagona maqsadim shu - jahon chempionatida g‘alaba qozonish, - dedi Saidjamshid Jafarov.



Fikrlar
Lekin raqiblarga xam xurmat bilan qarash kerak. Bu Jahon chempionati, shunchaki oddiy musobaqa emas, dunyoning eng zo`r bokschilari yig`ilgan. Kecha SH. Abdullayevni ko`rdik, bokschi xech qachon himoyani unutmaslik kerak. Bizda kamida 2 oltin bo`lishi kerak.