SPORTS.uz Belgrad-2021. Qozog‘istonlik bokschilar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

  • 7 noyabr, 2021, 04:51
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. 5-6 noyabr kunlari finallar o‘tkazildi, 13 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Tecno

Musobaqada Qozog‘iston terma jamoasi 5 ta medalni qo‘lga kiritdi (2 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza). Natijada qozog‘istonliklar umumjamoa hisobida Kubadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIBA tashkiloti g‘olib va sovrindorlarga mukofot pullarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra 1-o‘rin sohibi 100 ming, 2-o‘rin egasi 50 ming va 3-o‘rinni band etgan bokschi 25 ming AQSh dollariga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Kenes Rakishev chempionlarni 70 ming AQSh dollari, kumush medal sohiblarini 50 ming AQSh dollari va bronza medali egasini 30 ming AQSh dollari bilan taqdirlaydi. Bu haqda Qozog‘iston boks federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
07/11/2021 21:55
Ҳакамлик ҳаммасини ҳал қилди. 1 тийинга қиммат чемпионат бўлди. Капейка...
&
Muhammad Ali 07
07/11/2021 06:05
Adashmadizlarmi umumjamoa hisobda AQSH ikkinchi bōldiyov ikkita oltin 3ta kumush bilan
Бердибек Асилхан
07/11/2021 09:52
АҚШ 2 Алтын 2 күміс алды.
Қазақстан 2 Алтын 2 ,күміс 1 қола алып АҚШ тан озып кетті
Umrbek Egamberganov
07/11/2021 10:47
Нима деябсан 2кола,1фанта деб. Судяла битта козикка утирди дегин хамма тушунади.