
SPORTS.uz Belgrad-2021. Shahobiddin Zoirov: O‘zimizni qo‘lga olib, murabbiylarning ko‘rsatmalarini bajarib, chiroyli g‘alabaga erishdik
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etadi.
Bugun Shahobiddin Zoirov (-52 kg) serbiyalik Tamir Galanovga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang vakilimizning to‘liq ustunligida o‘tdi. Bu hisobda ham aks etdi 5:0.
Mezbon bokschini musobaqadan chiqarib yuborgan hamyurtimiz jangdan so‘ng SPORTS.uz saytiga qisqacha fikrlarini bayon qildi.
- Albatta, hamma narsaning qiyinchiligi bor. O‘zimizni qo‘lga olib, murabbiylarning ko‘rsatmalarini bajarib, chiroyli g‘alabaga erishdik.
Raundlar oralig‘ida murabbiylar hisobni aytib turishdi. Shunga qaramay, yaxshiroq ishlashimni murabbiylarimiz ta’kidlashdi. Shuning uchun orqaroqda jang qildim, - dedi bokschi.
Fikrlar