SPORTS.uz Belgrad-2021: Shahram G‘iyosov hakamlar qaroridan norozi. U jang borasida o‘z fikrlarini bildirdi

  • 30.10.2021 02:29
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etadi. 

Shahram G‘iyosov (-71 kg) qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga ro‘baro‘ keldi. Ikki bokschining avvalgi to‘qnashuvida Shimbergenovning qo‘li baland kelgandi.

Shu bois ko‘pchilik hamyurtimizdan revansh kutgandi. Ammo afsuski, bu gal ham Shahram imkoniyatni boy berdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng bokschimiz instagramdagi sahifasida jang va hakamlik haqida gapirdi.

- Avvalo, barchaga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Ishonch uchun kattakon rahmat. Men hech narsa demoqchi emasman. Barchasini o‘zingiz ko‘rdingiz, hakamlar nima qildi, nima qo‘yishdi, bilmay qoldim. O‘zingiz fikringizni bildirasiz.

Havaskor boksda 4-5 yildan beri jang o‘tkazmayotgandim. O‘ylaymanki, jang juda zo‘r bo‘ldi. O‘zim ham jangdan rohatlandim. Buyog‘ini hakamlar qildi, ular bilan ishim ham yo‘q. Sizlar hakamsizlar, xulosa o‘zingizdan. Barchaga rahmat, - dedi Shahram G‘iyosov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
30/10/2021 16:42
Shaxram yutqazdi, Xasanboy ham yutqazdi, aybni hakamlarga ag'darmaslik kerak, prof boksga o'tdingmi o'sha yerda biron nimani qoyillat Murodjonga o'xshab, uyog'dan buyoqqa o'tavermay yoshlarga imkon berish kerakda bu reklama yulduzlari.
Baxil Alihuja
30/10/2021 13:47
Професионал бокс нуктаи назаридан караганда Шахрам ютар эди. Хаваскор бокс коидасига кура, Шахрам ютмади, лекин юткизмади хам. Жанг охирида козок боксчи чарчаб колди, коши ёрилиб кетди. Шахрам эса янгидек турганди.
Shox Lochin
30/10/2021 10:53
Baribir bahsli holat 3 raundni aniq shahram yutdi ammo 1 va 2 chi raundlarni qizoqga berishlari biroz gslati chunke 2 raundda uqadar aniq zarbalari kuzga tashlanmadi umuman olganda havaskor boksni savyasi past hakamlar uldirayotganligi aniq chunke shahram 3 raundda qullarini tushirib jang qilayotvanida tuhtatib qullarini kutarishini talab qildi etibor bergan bulsangiz bunday ogohlantirishni umrimda birinchi bora kurishim
solijon bobokulov
30/10/2021 07:40
10та негр боласи деган кинодаги каби боксчиларимиз хам бирин кетин аут бўляпти
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
30/10/2021 05:27
Shahram ochiqchasiga engilding endi martlarcha tan olda. Xakamlar xato qildi dema uyat bo‘ladi. Biz xammasini ko‘rdik. Dangal erkakcha yutqazding. Tan olish xam martni ishi. Xafa bo'lma kelasi jangda yutasan. Omad tilayman
Shahram Yutqazgani aniq.hakamlar qarori to‘g‘ri lekin Hasanboy Do‘smatov to‘liq ustunlik bilan jang o‘tkazdi lekin hakamlar raqibga g‘oliblikni berishdi.