
SPORTS.UZ saytidagi insayd xabar tasdig‘ini topdi: Marko Stanoevich rasman "Dinamo" futbolchisi!
Kecha saytimiz orqali “Nasaf”ning sobiq futbolchisi Marko Stanoevichni Samarqandning “Dinamo” klubiga o‘tayotgani haqida insayd xabar bergandik.
Bugun Stanoevich 2025 yilni rasman samarqandliklar tarkibida o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida “Dinamo” matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.
Shu tariqa, Sports.uz saytidagi insayd xabar o‘z tasdig‘ini topdi. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar bir yillik shartnomaga rozi bo‘lishgan.
Shunday qilib, Stanoevich “Nasaf”dagi 5 yillik faoliyatidan keyin ilk bor yurtimizda klubini o‘zgartirdi va 36 yoshida “Dinamo” a’zosiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Marko “Nasaf” tarkibida O‘zbekiston chempionatida 161 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 23 ta gol urdi va 21 bor assistni amalga oshirdi.
Marko Stanoevich yangi mavsumda qaysi jamoada to‘p surishini bilasizmi? |
Fikrlar