Srechko Katanets: "Masharipovni tushunaman, men ham futbolchilik paytimda ko‘pincha shunday qilardim"

  • 15 iyun, 2022, 01:20
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Kubogi-2023 3-saralash bosqichi so‘nggi turi doirasidagi O‘zbekiston - Tailand uchrashuvida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng "oq bo‘rilar" bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Bugun jamoam juda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, buning uchun futbolchilardan minnatdorman. To‘g‘ri, bizda o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham yaxshi o‘yin va natijalar bo‘lgan edi. Lekin aynan bugun men jamoamni ko‘rsatgan o‘yinidan to‘liq qoniqdim.

Biz yaxshi pressing qildik, uchrashuv davomida tempni ushlab turdik, futbolchilar maksimal darajada tartibli o‘yin namoyish etishdi.

Osiyo kubogigacha FIFA kunlaridan unumli foydalanib, kuchli raqiblar bilan o‘yin o‘tkazishga harakat qilamiz.

Jaloliddin Masharipov almashtirilganidan so‘ng biroz norozi bo‘ldi, bu normal holat. Har bir futbolchi ko‘proq o‘ynashni xohlaydi. O‘zim ham futbolchilik davrimda ko‘pincha shunday qilardim. Hammaning xarakteri har xil. Uni ham tushunaman. Lekin men murabbiyman, ba’zida o‘yinga o‘zgartirish kiritish uchun liderlarni ham, xususan, Masharipov yoki Shomurodovni ham almashtirishga majburman. Bunda hech qanday muammo yo‘q.

Biz 4-4-2 sxemasini raqibga qarab tanladik. Har bir raqibga qarab bu joylashuv o‘zgarib borishi mumkin".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marifjon Turajonov
15/06/2022 09:47
Gapga buysunmasa haydash kerak termadan. Ichki muhidni buzadi.
Buni urnida shomurodov bulsa ham .
Kechagi uyinda Uzi bir- biridan topni qizganib uynadi uyinchilar
&
Rescara
15/06/2022 01:23
Машарипов ортикча термага. Оёги ердан узилиб буган. Юлдузча бувопти узича