Srechko Katanets nima uchun Eldor Shomurodov yig‘inga kelmagani va ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

  • 15 oktabr, 2023, 20:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Hammaga xayrli kech. Qisqa qilib aytaman, bu o‘yinga jamoamiz tayyor. Futbolchilar bilan bog‘liq hamma narsa joyida, hech kimda jarohat yo‘q. 

Aytishiim mumkinki, eng asosiysi futbolchilarim ertaga jarohat olmasligi. Chunki maydonni ko‘rgach aytish mumkinki, futbolchilar uchun judayam xavfli. Bu oddiy o‘rtoqlik uchrashuvi va natija hech qanday ahamiyatga ega emas. Biz umuman boshqacha uslubda o‘ynashimiz mumkin, ko‘plab o‘yinchilarni sinab ko‘rishimiz mumkin. Shu sabab futbolchilarimizning o‘zaro hamjihatligini ta’minlash va keyingi muhim o‘yinlarga tayyor holda etib kelish.

2019 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Xitoy bahsi va ertangi o‘yin?

Men 2019 yilda Xitoyda kim murabbiy bo‘lgan, qanday o‘yin bo‘lgan bilmayman. Buni hech qanday ahamiyati yo‘q. Eng asosiysi ertangi o‘yin va saralash o‘yinlariga yaxshi kayfiyatda etib kelishimiz. 

2026 yilgi jahon chempionatida yo‘llanmalar soni oshirilgani bizga mundialga chiqish uchun imkoniyatmi?

Barcha terma jamoalar uchun yaxshiroq imkoniyat deb hisoblayman. Kimgadir osonroq kechadi, kimgadir qiyin. Buni keyinroq bilib olamiz.

Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov nima sababdan bu yig‘inda qatnashmayapti?

Eldorga dam berishga qaror qildim va boshqa sabab yo‘q", - dedi Katanets.

Otabek Shukurov ham bu bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Biz futbolchilar o‘yinga tayyormiz. O‘rtoqlik bahsi bo‘lishiga qaramasdan bu biz uchun juda muhim. Chunki terma jamoaning har bir o‘yini muhim hisoblanadi. Muxlislarimiz bizdan faqat g‘alaba kutishadi. Futbolchilarda ham kayfiyat a’lo va ertaga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz", - dedi Shukurov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тулкин Гуломов
16/10/2023 10:28
Тўғри, яхши ўйинчиларни эхтиёт қилиш керак. Кечаги Нефтчи - Алай (Киғиз) ўйинида Адхамзода жиддий жарохат олганга ўхшади. Тезорқ тузалиб кетсин илоё.
Husan Yisupov
15/10/2023 20:49
Єлдор уйнаш кк єди усиз трёма жамоа ктзик ємасдек
&
Бахромжон Турсунов
15/10/2023 20:21
Омад ёр бўлсин