Srechko Katanets Shvetsiyadan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 5 sentabr, 2021, 22:05
  • Javokhir Azimov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Bugungi uchrashuv va ilk taassurotlaringiz haqida nima deysiz?

"Eng avvalo, Shvetsiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taassurotimga kelsak, O‘zbekistonga kelganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Umuman olganda, bugungi o‘yindan qoniqdim. Biz yaxshi o‘ynadik, lekin xatolarimiz ham bo‘ldi. Bu albatta, normal holat. Sababi, tarkibimizda yosh o‘yinchilar ko‘p edi. O‘ylashimcha, shu bilan to‘xtab qolmaymiz. Ko‘proq ishlashimiz kerak, chunki bizni hali juda ko‘p muhim o‘yinlar kutib turibdi.

Hammamizga ma’lum, shvedlar ancha yuqori darajadagi jamoa, ular nima qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi. Jamoada katta turnirlar tajribasi bor. Bugungi o‘yinda ham raqiblarimiz chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. Bizga esa bu uchrashuv katta tajriba bo‘ldi".

- O‘yinning dastlabki daqiqalarida markaziy himoyachilar xatoga yo‘l qo‘ydi, ularning bugungi o‘yini haqida nima deya olasiz?

"Bu futbol. Hammamiz ham xato qilamiz. Himoyachilarimiz ham bundan mustasno emas. Ularga qo‘yilgan vazifa — agressivroq bo‘lish edi. Aslida, men buni hammadan talab qildim. Chunki, o‘zbek futbolchilariga bu narsa biroz etishmaydi.

Lekin ta’kidlaganimdek, umumiy natijadan qoniqdim. Shvetsiyadek jismoniy jihatdan kuchli raqibga qarshi o‘ynash oson emas.

Men natijadan vahimaga tushmayapman. Sababi, asosiy vazifamiz yoshlarga imkoniyat berib, ularni sinab olish edi, busiz iloji yo‘q, chunki biz o‘sishimiz kerak".

- Eldor Suyunov bugun eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdimi?

"Bilmadim. To‘g‘risini aytsam, bu men uchun muhim emas. Ha, u bugun chiroyli seyvlar qildi.

O‘zingizga ma’lum, kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak. Men jamoaga qo‘shilganimga 7 kun bo‘ldi. Umid qilaman, hamma o‘z ustida ishlaydi va to‘xtab qolmaydi. Shvetsiyaga esa keyingi o‘yinda omad tilayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
azam nazarov
06/09/2021 06:32
Ўйин савияси жуда юқори бўлди. Футболчилар Иброҳимхалил Йўлдошев, Фаррух Сайфиев, Фаррух Ик
ромовлар Швециялик футболчиларни шошириб ташлади. Газига бос, Қашқадарёлик мухлисларинг сен билан.
&
Турсун Ғани
05/09/2021 22:47
Муҳими бугун Швеция футболчилари билан ўйиндан орттирилган тажриба. Европа даражасидаги жамоалар билан яна давомли кўплаб ўйинларни ўтказиш керак. Футболчиларимиз шундай ўйинларда тобланади. Ҳато ва камчиликлар яққол кўзга ташланади. Кўрдик бугун марказий ҳимояда ҳато ўйинлар, бўш чизиқ ва ҳужумни якунловчи зарбалар диярли бера олишмада. Шу каби МТЖлар билан ўйинларни яна кутиб қоламиз. Ўз ҳато ва камчиликларни бартараф этиш учун бу каби ўйинлар жуда зарур.
&
Турсун Ғани
05/09/2021 22:47
Муҳими бугун Швеция футболчилари билан ўйиндан орттирилган тажриба. Европа даражасидаги жамоалар билан яна давомли кўплаб ўйинларни ўтказиш керак. Футболчиларимиз шундай ўйинларда тобланади. Ҳато ва камчиликлар яққол кўзга ташланади. Кўрдик бугун марказий ҳимояда ҳато ўйинлар, бўш чизиқ ва ҳужумни якунловчи зарбалар диярли бера олишмада. Шу каби МТЖлар билан ўйинларни яна кутиб қоламиз. Ўз ҳато ва камчиликларни бартараф этиш учун бу каби ўйинлар жуда зарур.
Dilnura Ramazanova
05/09/2021 22:18
Арабларга хам шу даражада уйин курсатайди арабларни аллакачон маглуб этарди
Dilnura Ramazanova
05/09/2021 22:16
Яхши уйин булди