
"Strandja": Xo‘janazar Nortojiev g‘alaba qozondi!
Bolgariyada davom etayotgan “Strandja” turniri tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugun chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Chorak final bosqichida 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Dastlab -54 kg vazndagi vakilimiz Xo‘janazar Nortojiev hindistonlik Lalitga qarshi bahs yuritdi. Qiziqarli va keskin ravishda kechgan jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida zafar quchdi va yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Oldinda bizni yana 9 nafar bokschimiz jangi kutib turibdi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar