"Strandja". Yana uchta medal ko‘lga kiritildi

  • 2 mart, 20:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, ayni paytda Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha 76-"Strandja" turniri davom etyapti. Bugun final janglari o‘tkazilmoqda.

-48 kg ga ringga ko‘tarilgan vakilimiz Bexruzbek Xoldorov bolgariyalik Ergunal Sabriga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

-54 kg da hamyurtimiz Shahzod Muzaffarov 3:2 hisobida qozog‘istonlik Timur Kabdeshovni mag‘lub etib, chempionga aynlandi.

-57 kg da bokschimiz Xo‘janazar Nortojiev Ozarbayjon vakili Zalimxan Suleyman ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Oldinda bizni yana ikki nafar charm qo‘lqop ustamizning janglari kutib turibdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!