Suares “Barselona” futbolchilari orasida bu mavsum eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylanishi mumkin

  • 4 may, 2019, 13:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor mavsumning ikkinchi qismini “Arsenal” safida ijarada o‘tkazgan "Barselona" xavbeki Denis Suares mavsum so‘nggigacha safdan chiqdi. Biroq, bu uning sovrinlar qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsum so‘nggida birdaniga 5ta sovrin egasiga aylanishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, u allaqachon “Barselona” safida Ispaniya Superkubogi va La Ligada g‘olib chiqdi. Kataloniyaliklar tez orada o‘z muzeylarini Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasi kubogi bilan to‘ldirishlari kutilmoqda. Suares ijarada o‘ynagan “Arsenal” esa bir oyog‘i bilan Evropa ligasi finalida turibdi. Agar yuqoridagi musobaqalarda Suaresning jamoalari zafar qucha olishsa, uning bu mavsumda qo‘lga kiritgan sovrinlari 5taga etadi.

Shu tariqa Suares “Barselona” futbolchilari orasida bu mavsum eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylanib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!