
Suares: "Jamoadan ketganimda Valverde menga hatto bitta xabar ham yubormadi"
Yarim ximoyachi Denis Suares o‘zining "Barselona"dan "Selta" klubiga o‘tishi haqida gapirib berdi.
"Men ketganimda Valverde menga hatto bitta xabar ham yubormadi.
Marselino("Valensiya" bosh murabbiyi) menga omad tiladi. U doim vaziyatim haqida xabar olib turadi. Men "Valensiya"ga o‘tish uchun ko‘p narsadan voz kechaman, lekin men ularning taklifini rad etganimning sababi shuki, ular mendan yanada ko‘p narsadan voz kechishimni talab qilishdi. Hatto futboldan tashqari holatdagi shaxsiy masalalrimga ham shartlar qo‘yishdi.
Men hech qachon futboldan tashqarida, ajoyib hayot kechirish uchun intilmaganman va bunga shubha qilishlari meni xafa qiladi. Men bunday holatga yo‘l qo‘ya olmadim. "Selta" menga shubha qilmadi, uyda bo‘lish har doim juda yaxshi," - dedi Suares.
Fikrlar