
Suares "Liverpul"ga hamyurtining xizmatlarini taklif qilmoqda
"Selta" klubi hujumchisi Maksi Gomes faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra unga "Liverpul"dan taklif bo‘lishi mumkin. Mersisaydliklarga 22 yoshli urugvaylik futbolchining xizmatlarini jamoaning sobiq hujumchisi Luis Suares taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Gomes joriy mavsum La Ligada 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi 41 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar