Suhrob Sultonov: "2-davra startidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin aniq oson bo‘lmaydi"

  • 20 iyul, 2022, 19:36
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" bugun o‘rtoqlik o‘yini doirasida Belarusning "Arsenal" jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda vakillarimiz kichik 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur bahsdan so‘ng "qaldirg‘ochlar" posboni Suhrob Sultonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Avvalombor, assalomu alaykum! Yig‘in haqida gapiradigan bo‘lsam, Belarusga kelganimizga 1 hafta bo‘ldi. Ikkinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. 

Birinchi o‘yinda ham yomon o‘ynamadik. Ayniqsa, yoshlar juda qattiq mehnat qilyapti. Bugungi bahsda ham yigitlar ajoyib harakat qildi. 

Jangovorlik, qo‘rqmaslik borasida ular namuna bo‘la oladi. Ular ruhan va jismonan o‘sishga intilmoqda. 

Murabbiylarimiz o‘z g‘oyalarini yigitlarga tushuntirish ustida ishlamoqda. Qiyinchilik bo‘lishi tabiiy. Ammo futbolchilar bunga tayyor, deb o‘ylayman. Biz yoshi kattaroq o‘yinchilar ukalarimizga har tomonlama yordam berish uchun harakat qilmoqdamiz.   

2-davrani "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin bilan boshlaymiz. Aniq bilaman, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Jizzaxliklar kurashuvchanlik, jismoniy holat bo‘yicha ancha kuchli. 

Birinchi davrada qanday o‘ynagan bo‘lsak, ikkinchi davrada undanda yaxshiroq o‘ynab, muhim ochkolarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz.

Fursatdan foydalanib, rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Ular jamoa uchun barcha qulayliklarni yaratib bermoqda. Moliyaviy tomonlama ham ular yaxshi ish olib bormoqda. 

Muxlislardan qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolaman. Biz natijalarni yaxshilash uchun tinmay mehnat qilyapmiz. Inshaalloh, hammasi biz o‘ylagandek yaxshi bo‘ladi", - dedi tajribali darvozabon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998912090990
21/07/2022 02:40
Олға Сўғдиёна
Ungboev Jamshid
20/07/2022 19:48
Omad Bunyodkorga