
Sulsher autsayderga qarshi kechgan qiyin bahs haqida nima dedi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 13-turidan o‘rin olgan "Sheffild"ga (3:2) qarshi bellashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"G‘alaba bizga yanada ko‘proq ishonch berishi mumkin edi. Hisob 3:1 ko‘rinishiga kelganida, biz xotirjamlikka berildik. O‘tkazib yuborgan ikkinchi golimizdagi burchak zarbasi berilmasligi kerak edi, ammo darvozamiz ishg‘ol qilinganidan keyin, bizga juda qiyin bo‘ldi.
Kiritgan 3 ta golimiz ham chiroyli bo‘ldi. Jismoniy tomondan mushkul o‘yin bo‘lishini bilardik.
Futbolchilarimiz uchun dars bo‘ladigan bahs guvohiga aylandik.
Yakshanba kuni bizni "Lids"ga qarshi ajoyib uchrashuv kutib turibdi. Bu qarama-qarshilikni uzoq yillar davomida kutganmiz va bahsga tayyor bo‘lamiz," - dedi Sulsher.
Fikrlar